insurez
27-10-2025 20:41

KATTAQO‘RGʻONLIKLAR HAM ENG KATTA XIRMON — PAXTA REJASINI BAJARDILAR


Bu yil erta bahorda kattaqo‘rg‘onlik bobodehqon fermerlar 10 140 gektar maydonga chigit qadab, g‘o‘za parvarish qildilar.

Bugun ular qariyb sakkiz oy davom etgan mashaqqatli mehnatlari va yerga qo‘ygan mehrlarining samarasini ko‘rdilar — 44,3 ming tonnalik xirmon bunyod etildi hamda paxta xomashyosi yetishtirish bo‘yicha shartnomaviy reja yuz foizdan ortiq bajarildi.

Halol va mashaqqatli mehnat orqali yuksak natijaga erishgan “Oybek”, “Sanoqul Xudayberdiyev vohasi”, “Fayyozbek To‘xtayev dalasi”, “Qiyomov Nosir”, “Ruzmurod Mavlonov”, “Nurli miyonqol”, “Ixtiyor Hamdamov dalalari”, “Estiran SHUX”, “Fotima Zuxra oltin dalasi”, “Zalvor ota”, “Zoxidjon Berdiyev”, “Qaxxor qassob”, “Beklar fayzli dala”, “Shoxjaxon Shoxazim”, “Zulfixor Hasan fayzli dalasi”, “Dilmurod fayzli dalasi”, “Javohir dasht dalalari” kabi fermer xo‘jaliklari birinchi terimni o‘zidayoq rejani ortig‘i bilan bajardilar.

Shuningdek, “Robiya Muhammadiyeva” fermer xo‘jaligi tomonidan paxta yetishtirish jarayonida Xitoyning Shinjon texnologiyasi amaliyotga tatbiq etildi va bu ilg‘or tajriba sifatida namuna bo‘ldi.
Tumanda paxta hosilini yig‘ishda 30 dan ortiq terim mashinalari ishtirok etdi.

Paxta yetishtirish va terim mavsumida “Kattaqo‘rg‘on g‘alla klasteri” fermer xo‘jaliklari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, yuqori unumli kombaynlarni jalb etishda faol tashabbus ko‘rsatdi.

Bu ulkan xirmonda fermer xo‘jaliklari rahbarlari, brigada boshliqlari, mexanizator va suvchilar, chopiqchi va terimchilar, agronomlar, miroblar, ta’minotchilar hamda Qishloq xo‘jaligi kompleksi tashkilotlari va klasterlar xodimlarining hissasi beqiyos.

Xirmoningiz va daromadlaringiz xayrli bo‘lsin!
Yaxshi kuningiz muborak bo‘lsin, aziz mehnatkashlar!

Teglar
- -