Kattaqo‘rg‘onlik Charos Amonova Respublika chempionati g‘olibi
Kattaqo‘rg‘on tumani 54-maktabi 9-sinf o‘quvchisi Amonova Charos Murod qizi sport sohasida erishgan yuksak natijalari bilan tumandagi tengdoshlariga o‘rnak bo‘lmoqda.
2009-yilda tug‘ilgan Charos 2024-yil sentyabridan buyon murabbiy Shaxzod Sidiqov rahbarligida parasport yo‘nalishidagi mashg‘ulotlarni boshlagan. Qisqa fursatdagi bu mehnat va mashaqqatli tayyorgarlik o‘z samarasini berdi.
2025-yil 6-may kuni bo‘lib o‘tgan parasport bo‘yicha Respublika chempionatida Charos nayza uloqtirish yo‘nalishida munosib ishtirok etib, 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ertasi kuni, 7-mayda esa u shu chempionatning yadro uloqtirish yo‘nalishida qatnashib, barcha raqiblarini ortda qoldirib, 1-o‘rinni egalladi.