insurez
13-02-2025 09:41

KATTAQO‘RGʻONLIK "AGROBANK" RAHBAR VA XODIMLARI YANGI LAVOZIMLARGA TAYINLANDI


"Agrobank" aksiyadorlik tijorat bankining Samarqand viloyati boshqarmasi Kattaqo‘rg‘on filiali rahbar va xodimlari bank tizimidagi mas’ul lavozimlarga tayinlandi.

Farrux Tolipov, avval "Agrobank" Kattaqo‘rg‘on filiali boshqaruvchisi lavozimida faoliyat yuritgan, "Agrobank" Paxtachi filiali rahbari etib tayinlandi.

Otabek Po‘latov, Kattaqo‘rg‘onlik mutaxassis, avval "Agrobank" Pastdarg‘om filiali boshqaruvchisi bo‘lib ishlagan, Samarqand viloyati “Biznesni rivojlantirish banki” rahbar vazifasi bajaruvchi sifatida faoliyatini davom ettiradi.

Ergash Rahimov, avval "Agrobank" Kattaqo‘rg‘on filiali boshqaruvchi o‘rinbosari bo‘lgan, "Agrobank" Pastdarg‘om filiali boshqaruvchisi lavozimiga tayinlandi.

Avvalroq, Jasur Oltiboyev, "Agrobank" Kattaqo‘rg‘on filiali boshqaruvchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan, "Agrobank" Ishtixon filiali boshqaruvchisi etib tayinlangan edi.

Bu tayinlovlar Kattaqo‘rg‘onlik bank mutaxassislarining malaka va tajribasi yuqori baholanayotganidan dalolat beradi. Ularga yangi lavozimda muvaffaqiyat tilaymiz!

Teglar
- -