insurez
03-07-2024 09:14

KATTAQO‘RGʻONLIK 69 NAFAR FUQAROGA YUQORI TEXNOLOGIK KARDIOJARROHLIK XIZMATLARI BEPUL KO‘RSATILDI


Bugun zamonaviy kardioxirurgiyada ushbu innovasion jarrohlik usuli amaliyotda keng qo‘llanilmoqda. Biroq buning uchun muhim talab— malakali mutaxassislar bilan bir qatorda, eng so‘nggi rusumdagi tibbiy jihoz va uskunalar zarur bo‘ladi.

Ochig‘ini aytish kerak, yaqin yillargacha bu kabi muolaja usullarini amalga oshirish uchun yurtimiz klinikalarida imkoniyatlar yetarli emasdi. Bugun esa Kattaqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasiga Milliy tibbiyot markazidan zamonaviy texnika vositasining olib kelinishi tumanimizda yurak-qon tomir kasalliklarini davolash va oldini olish va yuqori texnologik kardiojarrohlik xizmatlariga xizmat qilyapti.

Zamonaviy ko‘chma kardiojarrohlik majmuasi yordamida ijtimoiy ahvoli og‘ir bo‘lgan, kam ta’minlangan oilalardan kardiologik kasalliklari bo‘lgan 69 nafar  fuqarolar tuman hokimligi, Inson ijtimoiy xizmatlar markazi va tuman tibbiyoti bilan hamkorlikda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.

Teglar
- -