insurez
26-11-2025 08:44

Kattaqo‘rg‘onda yana bir zamonaviy turar-joylar kaliti topshirildi


Kattaqo‘rg‘on tumani Mirzo Ulug‘bek mahalasida tadbirkor Nazarov Bekzod rahbarligidagi “MAGIC SPACE” MCHJ tomonidan barpo etilgan 5 qavatli, 45 xonadondan iborat zamonaviy ko‘p qavatli uylar foydalanishga topshirildi.

Tantanali ochilish marosimida tuman hokimi Jamshid Nasriddinov, tuman rahbarlari, mahalla faollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Marosimda tuman hokimi Jamshid Nasriddinov so‘zga chiqib, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, aholi turmush sharoitini yaxshilash, zamonaviy turar-joylar barpo etish borasidagi ustuvor yo‘nalishlar haqida so‘z yuritdi.

Ushbu turar-joylar aholiga qulay va sifatli sharoit yaratish, tuman infratuzilmasini yanada rivojlantirishga qaratilgan ishlar samarasi sifatida yuqori baholandi.

Teglar
- -