insurez
11-11-2024 15:54

Kattaqo‘rg‘onda Xitoylik investorlar bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi


Bugun Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligida Xitoyning yetakchi ishlab chiqaruvchi korxonalari rahbarlari bilan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarda qurilish, ta’lim va mebelsozlik sohalarida yangi investision loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida tuman hokimi Jamshid Nasriddinov va tegishli mas’ullar investorlarga Kattaqo‘rg‘on tumanining investision salohiyati, tumanning jozibadorlik tomonlari va mavjud imkoniyatlar haqida ma’lumotlar taqdim etdi. Shuningdek, ikki tomon yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish bo‘yicha fikr va takliflarni o‘rtoqlashib, istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab oldilar.

Bu uchrashuv ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash va Kattaqo‘rg‘on tumanida yangi ish o‘rinlari yaratish yo‘lida muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda.

Teglar
- -