insurez
30-05-2025 14:43

Kattaqo‘rg‘onda “Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar” dasturi bo‘yicha vazifalar belgilandi


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida tibbiyot sohasida yangi bosqich — “Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar” dasturi boshlangani e’lon qilindi.

Ushbu tashabbus doirasida Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi Jamshid Nasriddinov tibbiyot birlashmasiga borib, tibbiyot xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqotda sohadagi muammolar va ularning yechimlari muhokama qilinib, qator ustuvor vazifalar belgilandi. Jumladan, qabul sifatini oshirish, profilaktika ishlarini kuchaytirish, shifokorlar malakasini oshirish, tibbiy jihozlarni yangilash hamda OP, OSHP va patronaj xizmatlarini takomillashtirishga e’tibor qaratildi.

Belgilangan vazifalar tuman rahbariyati tomonidan nazoratga olindi.

Teglar
- -