Kattaqo‘rg‘onda ta’lim sohasi vakillari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Bugun Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligida Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Muzaffar Hamdamov rahbarligida ta’lim sohasi vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda shu paytgacha tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri lavozimida samarali faoliyat yuritib kelgan Shokir Sultonovning mehnat yo‘li va ta’lim taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi haqida iliq fikrlar bildirildi. U kishi nafaqaga chiqishi munosabati bilan munosib tarzda kuzatildi.