Kattaqo‘rg‘onda tadbirkorlar uchun ochiq eshiklar: har hafta hokim qabullari o‘tkazilmoqda
Kattaqo‘rg‘on tumanida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatida uchrayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va yechim topish maqsadida amaliy ishlar davom etmoqda.
Tuman hokimi Jamshid Nasriddinov tomonidan har haftaning chorshanba kuni tadbirkorlar uchun ochiq qabullar tashkil etilmoqda. Bu orqali tadbirkorlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri hokim bilan uchrashib, o‘z muammolarini ochiq va shaffof muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda.
Navbatdagi qabulda tuman Soliq inspeksiyasi boshlig‘i Nurbek Razzoqov hamda tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etib, tadbirkorlar tomonidan bildirilgan masalalarni joyida o‘rganishdi va zarur huquqiy-amaliy ko‘mak berishdi.
Qabul jarayonida tadbirkorlik qilish, kredit masalalari, elektr energiyasi, kadastr masalalari va infratuzilma bilan bog‘liq bir qator murojaatlar ko‘rib chiqildi. Bir qator masalalar yuzasidan tegishli vazifalar yuklatilib, muddati belgilab berildi.