Kattaqo‘rg‘onda tadbirkorlar muammolari o‘rganildi
Kattaqo‘rg‘on tumani Davlat xizmatlari markazida tuman hokimi Jamshid Nasriddinovning tadbirkorlar bilan navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i Murodali Otamurodov ham ishtirok etdi.
Qabulda tumanda faoliyat yuritayotgan bir qator tadbirkorlar ishtirok etib, ishlab chiqarishni rivojlantirish, yangi loyihalarni amalga oshirish uchun kreditlar ajratish, infratuzilma kabi masalalar bo‘yicha o‘z murojaatlarini yetkazdilar.
Tuman rahbarining ta’kidlashicha, tadbirkorlar bilan ochiq muloqot va muammolarni joyiga chiqib o‘rganish — tumanda biznes muhitini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va iqtisodiy faollikni oshirishga xizmat qiladi.




