insurez
10-05-2025 15:25

KATTAQO‘RGʻONDA QULUPNAY SAYLI


Qulupnaychilik drayveri: Kattaqo‘rg‘onda 101,8 gektar maydonda 2,5 ming tonna hosil yetishtirilmoqda!

Kattaqo‘rg‘on tumanida qulupnaychilik yo‘nalishi qishloq xo‘jaligining muhim drayverlaridan biriga aylanib bormoqda. "Qulupnaychilik drayverini rivojlantirish dasturi" asosida keng qamrovli ishlar amalga oshirilib, tumanda 3412 ta xonadon qulupnaychilik bilan shug‘ullanmoqda.  

Bugun Kattaqo‘rg‘on tuman markazida joylashgan “Yoshlik” istirohat bog‘ida “Qulupnay sayli tashkil etildi. 

Hozirda 101,8 gektar maydonda qulupnay ekilib, bir gektardan 2,5 ming tonna hosil olinishi rejalashtirilgan. 

Tumandagi quyidagi mahallalarda qulupnay maydonlari tashkil etilgan:

* Valijon: 20,8 ga, 694 xonadon
* Qumoq: 25,6 ga, 854 xonadon
* Mo‘minxo‘ja: 6,8 ga, 172 xonadon
* Fayzikent: 12,2 ga, 414 xonadon
* Qirg‘iz: 5,3 ga, 153 xonadon
* Jonkel: 12,4 ga, 423 xonadon
* Mundiyon: 2,3 ga, 55 xonadon
* Tavaron: 8,4 ga, 173 xonadon
* Yovi: 4,8 ga, 248 ta xonadon 
* Qo‘shtepa: 3,9 ga, 101 xonadon

Bugungi kunda qulupnayning yangi navlari Koreya va Rossiyadan keltirilgan va ko‘paytirilmoqda.

Teglar
- -