insurez
11-12-2025 09:10

Kattaqo‘rg‘onda qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni – “Hosil bayrami” keng nishonlandi


▶️Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotning eng qadim, hech qachon o‘z o‘rni va ahamiyatini yo‘qotmaydigan, shu bilan birga eng mas’uliyatli hamda mehnati og‘ir bo‘lgan sohalaridan biridir.

✅Bugun Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Royal” bazmgohida tashkil etilgan bayram tadbiriga tuman qishloq xo‘jaligi sohasi ilg‘orlari, faxriylar, faollar taklif etildilar.

😴Kattaqo‘rg‘on tuman hokimi Jamshid Nasriddinov tabrik so‘zida tuman qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusi rejalar haqida batafsil to‘xtaldi. 

🇺🇿Marosimning eng quvonchli qismi — sohada alohida faoliyat ko‘rsatayotgan bir guruh faollarga tuman hokimligining tashakkurnomalari va "Ilg‘or fermer", "Namunali tomorqachi", "Mehnatkash dehqon" ko‘krak nishonlari hamda esdalik sovg‘alari taqdim etildi. 

👍Tuman madaniyat xodimlari hamda el suygan taniqli san’atkor, Kattaqo‘rg‘on farzandi Shahzod Murodovlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar bayram davrasiga yanada fayz kiritdi.

🏖"Hosil bayrami" Kattaqo‘rg‘on dehqonlarining zahmatli mehnatiga, yurtimiz ravnaqiga qo‘shayotgan hissasiga berilgan munosib e’tirof bo‘ldi.

Teglar
- -