insurez
17-11-2024 09:14

Kattaqo‘rg‘onda organik qishloq xo‘jaligiga asos solinmoqda


Kattaqo‘rg‘on tumanida zamonaviy va ekologik toza mahsulot yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari faoliyati kengaymoqda. "KENJA BOBO" fermer xo‘jaligi 40 gektar lalmi yerda kavrak o‘simligini ekishni boshlab, organik qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida ilg‘or tajribani qo‘llamoqda. Lalmi yerlarda tabiiy usulda kavrak yetishtirish, kavrak ko‘chati tayyorlash va xalqaro bozorlarga chiqarish fermerning asosiy maqsadlaridan biridir.

Bu tashabbus doirasida Germaniyadan organik sertifikatlashtirish bo‘yicha ekspertlar taklif etilib, korxonaga tumanda birinchi bo‘lib xalqaro darajadagi organik sertifikat olishga erishildi. Kattaqo‘rg‘onda bu kabi loyihalar nafaqat mahalliy iqtisodiyotni rivojlantiradi, balki xalqaro bozorda hududning organik mahsulotlar yetkazib beruvchi sifatidagi obro‘sini oshirishga xizmat qiladi.

Teglar
- -