Kattaqo‘rg‘onda hamshiralarga bag‘ishlangan bayram tadbiri
Bugun, 12 may — Xalqaro hamshiralar kuni munosabati bilan Kattaqo‘rg‘on tumanidagi "Maroqand" bazmgohida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan fidoyi hamshiralar, tibbiyot xodimlari hamda mas’ul rahbarlar ishtirok etdi.
Tadbir avvalida tuman tibbiyot birlashmasi bosh vrachi Vohid Xudoyqulov so‘zga chiqib, umrini inson salomatligi yo‘lida bag‘ishlagan, qalbida tuyg‘ularini asrab kelayotgan hamshiralarni kasb bayrami bilan samimiy tabrikladi.
Tadbir davomida bir guruh faol hamshiralarga tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alar topshirildi. Madaniy dastur va qo‘shiqlar bilan davom etgan bayram barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.