insurez
14-06-2024 08:47

KATTAQO‘RG‘ONDA GʼALLA OʼRIMI BOSHLANDI


 Erta tongdan "Kattaqoʼrgʼon gʼalla klasteri"da gʼallachilik otryadlari aʼzolari bilan suhbat boʼlib oʼtdi. Tuman hokimi va sektor rahbarlari otryad rahbari hamda aʼzolarining asosiy vazifalari haqida soʼz yuritdilar.

Shuningdek, qisqa muddatda belgilangan hosilni yigʼib olish uchun bor kuch-imkoniyatlardan foydalanish zarurligi taʼkidlandi.

Soʼng, gʼallasi oʼrimga tayyor boʼlgan dalalarda bosqichma-bosqich gʼallani oʼrish maqsadida kombaynlar avtoparkdan dalalarga navbati bilan yuborish boshlandi.

Shundan keyin jonliq soʼyilib, qurʼon tilovat qilindi. Toʼplanganlar gʼalla xirmoniga baraka tilab duoga qoʼl ochdilar.

Bugun dan tumanning gʼalla dalalarida oʼrimga kirishildi.

Teglar
- -