insurez
05-10-2024 16:00

Kattaqo‘rg‘onda fuqarolar muammolarini hal etish bo‘yicha navbatdagi qabul o‘tkazildi


Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligi majlislar zalida tuman hokimi Jamshid Nasriddinov boshchiligida sektor rahbarlari va Xalq qabulxonasi mudiri ishtirokida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida aholi tomonidan ishga joylashish, ijtimoiy himoya, yo‘llarni ta’mirlash, uy-joy va sog‘liqni saqlash sohalaridagi muammolar ko‘tarildi. Tuman hokimi va sektor rahbarlari har bir murojaatni atroflicha muhokama qilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Teglar
- -