Kattaqo‘rg‘on va Xenan provinsiyasi o‘rtasidagi hamkorlik: Investisiya va taraqqiyot uchun yangi imkoniyatlar
Ko‘plab o‘zgarishlar va rivojlanish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri sifatida, Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov va Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi Jamshid Nasriddinov boshchiligidagi delegatsiya yaqinda Xitoyning Xenan provinsiyasida xizmat safarida bo‘lib qaytdi. Safarning asosiy maqsadi — yangi tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish va xorijiy investisiyalarni jalb qilish edi.
Bugun, Samarqand shahrida, Xenan provinsiyasidan kelgan 30 dan ortiq xitoylik tadbirkorlar va tuman hokimi Jamshid Nasriddinov, mahalliy tadbirkorlar ishtirokida biznes uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Uchrashuvda ikki tomon ham ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda birgalikdagi loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda.
Kattaqo‘rg‘on va Xenan provinsiyasi o‘rtasidagi hamkorlik yangi imkoniyatlarni ochishda davom etadi. Bu nafaqat tadbirkorlikni rivojlantirishga, balki mahalliy aholining turmush darajasini yaxshilashga ham hissa qo‘shadi.