insurez
19-08-2024 15:54

Kattaqo‘rg‘on tumanidagi huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlari tomonidan tumandagi qurilayotgan maktab, bog‘cha va boshqa qurilish ob’yektlarini ko‘zdan kechirish ishlari amalga oshirildi.


 Mazkur ob’yektlar qurilishining sifatini ta’minlash maqsadida rahbarlar tomonidan zarur topshiriq va tavsiyalar berildi.

Huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlari qurilish jarayonlarini nazorat qilish, xavfsizlik qoidalariga amal qilish hamda ishlarni belgilangan muddatda va yuqori sifatda bajarish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berdilar. Shuningdek, ob’yektlarning ishlab chiqarish talablariga mosligini ta’minlash va foydalanishga topshirish jarayonlarini kuzatib borish vazifalari ham ta’kidlandi.

Bu tadbirlar tumandagi infratuzilmani yaxshilash va ta’lim muassasalari hamda boshqa ijtimoiy ob’yektlarni sifatli va xavfsiz holda qurilishini ta’minlashga qaratilgan.

Teglar
- -