Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 16-maktab direktori Tal’ant Mirzayev “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Kattaqo‘rg‘on tumani Mo‘llako‘rpa mahallasida joylashgan 16-umumta’lim maktabi direktori Tal’ant Mirzayevga O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni topshirildi.
Taqdirlash jarayonida tuman hokimi Jamshid Nasriddinov, hokim o‘rinbosarlari va tegishli mutasaddilar ishtirok etdi. Tal’ant Mirzayev uzoq yillardan buyon ta’lim sohasida samarali mehnati, yosh avlodni ma’naviy yetuk va bilimli qilib tarbiyalashga qo‘shgan hissasi, o‘qituvchilar jamoasi va o‘quvchilar o‘rtasida erishgan yutuqlari uchun ushbu yuksak davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Kattaqo‘rg‘on tumanida o‘qituvchi va murabbiylarga bo‘lgan e’tibor va ehtirom bugungi kunda yanada ortib borayotgani, ularning mehnatini munosib qadrlash davlatimiz siyosatida muhim o‘rin tutayotgani tadbirda alohida ta’kidlandi.