Kattaqo‘rg‘on tumanida yangi saylangan mahalla raislariga xizmat guvohnomalari topshirildi
Bugun Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 69-mahallada yangi saylangan mahalla raislari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimi Jamshid Nasriddinov, mutasaddi tashkilotlar vakillari, mahalla faollari ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan “Mahalla yettiligi” tizimining samarali faoliyat yuritishi, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni joyida hal etish masalalari muhokama qilindi.
Mahalla raislarining jamiyatdagi o‘rni, aholi bilan yaqin muloqotda bo‘lishi, har bir fuqaroning muammosiga e’tibor bilan yondashishi zarurligi alohida ta’kidlandi.
Tadbirning asosiy qismida yangi saylangan mahalla raislariga xizmat guvohnomalari va “Mahalla raisi” ko‘krak belgilari tantanali ravishda topshirildi.