insurez
19-04-2025 08:52

Kattaqo‘rg‘on tumanida “Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqasining tuman bosqichi o‘tkazildi


Kattaqo‘rg‘on tumanida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jismoniy va ma’naviy salohiyatini namoyon etish maqsadida “Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqasining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda har bir mahalladdan 13 nafardan, umumiy hisobda 800 nafarga yaqin yoshlar faol ishtirok etdi.

Musobaqaning ochilish marosimi tantanali ruhda o‘tkazilib, unda Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi o‘rinbosari Obidjjon Shirinov, tuman yoshlar ishlari bo‘limi va hamkor tashkilotlar mas’ullari ishtirok etib, barcha yoshlarga omad tilashdi.

Yoshlar o‘rtasidagi jamoaviy hamkorlik, harbiy mashqlar, yugurish va boshqa sport turlaridagi bellashuvlar musobaqaga alohida shukӯh bag‘ishladi. Gʻolib jamoalar aniqlanib, viloyat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritishdi.

Teglar
- -