Kattaqo‘rg‘on tumanida paxta terimi qizg‘in pallada
Kattaqo‘rg‘on tumanida hosil mavsumi qizg‘in davom etmoqda. Ayni paytda Mirzo Ulug‘bek hududida joylashgan “Nurli Miyonkol” fermer xo‘jaligida terim ishlari uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda.
Mazkur xo‘jalikda jami 41 gektar maydonda paxta yetishtirilgan bo‘lib, bu yilgi hosildorlik har gektardan 40–45 syentnerni tashkil etmoqda, deydi fermer xo‘jaligi raisi Abdunabi Karimov.
Terim jarayonida faol ishtirok etayotgan ilg‘or terimchilar — Zulayxo Ernazarova va Surayyo Raximovalar bir kunda 200 kilogrammgacha paxta terib, halol mehnati orqali munosib daromad topmoqdalar.