insurez
03-09-2025 10:46

Kattaqo‘rg‘on tumanida mustaqillik bayrami tantanali nishonlandi


Kattaqo‘rg‘on tumani “Yoshlik” o‘yingohida yurtimiz davlat mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman hokimi Jamshid Nasriddinov ishtirok etib, tuman aholisini mustaqillik bayrami bilan chin qalbdan tabrikladi. U o‘z tabrigida mustaqillik yillarida tumanda erishilgan yutuqlar, aholining turmush farovonligini oshirish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida to‘xtalib, barchani mamlakatimiz taraqqiyoti va ravnaqi yo‘lida hamjihat bo‘lishga chaqirdi.

Bayram dasturi milliy qo‘shiq va raqslar, vatanparvarlik ruhini ulug‘laydigan she’rlar va sahna ko‘rinishlari bilan boyitildi. Shuningdek, xalqimizning sevimli san’atkorlaridan biri — Imronning chiqishi bayramga alohida shukӯh bag‘ishladi.

“Yoshlik” o‘yingohida o‘tgan mazkur bayram tantanasi ishtirokchilarda yurtimiz mustaqilligi va Vatanga muhabbat tuyg‘ularini yanada mustahkamlab, unutilmas taassurot qoldirdi.

Teglar
- -