insurez
08-08-2024 09:14

Kattaqo‘rg‘on tumanida "Havfsiz oila" profilaktik tadbiri boshlandi


Kattaqo‘rg‘on tumanida "Havfsiz oila" profilaktik tadbiri boshlandi. Bu tadbir Samarqand viloyati hokimligi va Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasining qarori asosida hamkorlikda olib borilmoqda.

Tadbirning maqsadi aholi o‘rtasida oilaviy munosabatlarni mustahkamlash, zo‘ravonlikning oldini olish va xavfsiz muhit yaratishdan iborat. Bu doirada turli profilaktik tadbirlar, ma’rifiy suhbatlar va amaliy yordam ko‘rsatish tadbirlari o‘tkaziladi. 

Ishtirokchilar, jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va mahalliy boshqarmalar va bo‘lim xodimlari, jamoatchilik vakillari hamda aholiga ushbu mavzu bo‘yicha muhim ma’lumotlar va tavsiyalar beradi.

Tadbir davomida aholi o‘rtasida sog‘lom va xavfsiz oilaviy munosabatlarni shakllantirishga qaratilgan o‘quv-seminarlar, treninglar va boshqa chora-tadbirlar tashkil etiladi. Bu orqali oilalardagi mojarolarni bartaraf etish, oila a’zolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsad qilib olingan.

Teglar
- -