Kattaqo‘rg‘on tumanida "Gender tenglik ayoli" va "Yil ayoli" tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi
Kattaqo‘rg‘on tumani Charag‘on mahallasida joylashgan 2-maktabda "Gender tenglik ayoli" va "Yil ayoli" ko‘rik tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda tuman hokimi o‘rinbosari Sayyora Jumayeva, tuman FXDYO bo‘limi mudirasi, komissiya a’zolari va ishtirokchilar qatnashdi.
Tanlov davomida ayollar jamiyatdagi o‘z rolini namoyon etishdagi iste’dod va iqtidorlarini namoyish etishdi. Tanlov g‘oliblari faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Ular endi tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish imkoniga ega bo‘ladilar.
Tadbir yakunida ishtirokchilar va mehmonlar ayollarning jamiyat taraqqiyotiga qo‘shgan hissalari hamda ularning jamiyatdagi o‘rnini alohida e’tirof etishdi.