insurez
09-08-2024 15:54

Kattaqo‘rg‘on tumanida fermerlar uchun seminar o‘tkazildi


Bugun Kattaqo‘rg‘on tumanidagi barcha fermer xo‘jaliklari uchun paxta va g‘alla parvarishida mineral o‘g‘itlarning ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan seminar M.Sultonov hududidagi "Qodirov Karim dalasi" fermer xo‘jaligida tashkil etildi.

Seminarda tuman hokimi Jamshid Nasriddinov, viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Zafar Ergashev, qishloq xo‘jaligi olimlari, turkiyalik mutaxassislar, qishloq xo‘jaligiga aloqador tashkilotlar hamda tuman fermerlari ishtirok etdilar.

Unda asosiy e’tibor g‘o‘zaga agrotexnik tadbirlarga qaratilib, tadbirlarni o‘z vaqtida sifatli o‘tkazish, xususan, zararli hasharot va kasalliklarga qarshi dorilash, mineral o‘g‘itlar bilan to‘yintirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. Jarayonda fermerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi.

Teglar
- -