insurez
17-01-2025 17:02

Kattaqo‘rg‘on tumanida eksportbop mevali daraxt ko‘chatlari bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi


Kattaqo‘rg‘on tumanida joylashgan "Ro‘zimurod Mavlonov" fermer xo‘jaligida dala chetlari, aholi tomorqalari va mahallalar ichki ko‘chalarida unumli foydalangan holda eksportbop mevali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazish bo‘yicha ko‘rgazmali-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyachisi agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Bobur Zohirov, viloyat va tuman rahbarlari, mahalla faollari, tajribali agronomlar va fermer xo‘jaliklari raislari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida ishtirokchilarga zamonaviy agrotexnologiyalar asosida ko‘chat ekish jarayoni bo‘yicha tushunchalar berildi. Shuningdek, "Ro‘zimurod Mavlonov" fermer xo‘jaligi dalasida olimlar tomonidan ko‘rgazmali ko‘chatlar o‘tqazish jarayoni tushuntirildi.

Seminarning yana bir muhim qismi Mundiyon mahallasida yashovchi Narzitosh Rahmonova xonadonida amalga oshirildi. U yerda olim agronomlar tomonidan ko‘chat ekish amaliyoti namoyish etildi.

Bu kabi tadbirlar eksportbop mevali daraxtlarni yetishtirishda aholi va fermerlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qilishi bilan bir qatorda, qishloq xo‘jaligida yuqori samaradorlikka erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

 

Teglar
- -