Kattaqo‘rg‘on tumanida aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar
Kattaqo‘rg‘on tumanida aholi farovonligini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish masalalari doimiy e’tiborda bo‘lib kelmoqda. 2025 yil 1 yanvar holatiga tumanda aholi soni 299,8 ming nafar, xonadonlar soni 57,7 mingta, oilalar soni esa 74,1 mingtani tashkil etdi.
Shundan band aholi 104,5 ming nafar, ishsizlar soni 5950 nafarni tashkil qiladi. Ishsizlik darajasi 5,3 foizni, kambag‘allik darajasi esa 8,1 foizni tashkil etgan. Tumanda 5373 ta kambag‘al oila hisobga olingan bo‘lib, ularning a’zolari soni 24,4 ming nafarga yetdi.
Bandlikni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar
Joriy yilda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda hokim yordamchilari hamkorligida 23 609 nafar aholi bandligini ta’minlash, 2760 ta mikroloyihani amalga oshirish va 5,5 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan. Shu orqali 2703 ta oilani kambag‘allikdan chiqarish ko‘zda tutilgan.
Yanvar-avgust oylarida esa 15 296 nafar aholining bandligi ta’minlandi, 1794 ta mikroloyiha ishga tushirilib, 3,5 mingdan ortiq ish o‘rinlari yaratildi. Bu davrda 1800 ta oilaning 8253 nafar a’zosi kambag‘allikdan chiqarildi.
yangiish.mehnat.uz platformasi orqali 2025 yil yanvar-iyul oylarida 13 744 ta ish o‘rni kiritilishi belgilangan bo‘lsa, amalda 17 470 nafar aholi ish bilan ta’minlandi va reja 127 foizga bajarildi.
Tarmoqlar kesimida:
investisiyalar, sanoat va savdo sohalarida – 670 nafar,
tijorat banklari orqali tadbirkorlikka jalb qilinganlar – 9668 nafar,
qishloq xo‘jaligida – 6832 nafar,
qurilish sohasida – 244 nafar ish bilan ta’minlandi.
Ishga joylashtirish va kasb-hunarga o‘qitish
Yanvar-avgust oylarida ish qidirib murojaat qilgan 1541 nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi. Ulardan 1088 nafari turli korxona va tashkilotlarda doimiy ishga joylashdi, shundan 642 nafari xotin-qizlar, 348 nafari esa yoshlardir.
Kasb-hunarga qayta o‘qitish ishlariga ham katta e’tibor qaratildi. 2025 yil yanvar-avgust oylarida 996 nafar ishsiz fuqaro turli yo‘nalishlarda o‘qitildi. Ulardan 534 nafari xotin-qizlar, 236 nafari yoshlar hisoblanadi.
Mikroloyihalar samarasi
Joriy yil yanvar-avgust oyida hokim yordamchilari tomonidan 1905 ta mikroloyiha amalga oshirildi va reja 106 foizga bajarildi. Bu natijada 3915 nafar ishsiz aholi bandligi ta’minlandi.
Sohalar bo‘yicha:
sanoatda – 389 ta loyiha, 814 ish o‘rni,
qishloq xo‘jaligida – 1084 ta loyiha, 2194 ish o‘rni,
xizmat ko‘rsatish sohasida – 432 ta loyiha, 907 ish o‘rni yaratildi.
Kambag‘allikni qisqartirish ishlari
“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida 2025 yil yakuniga qadar 2703 ta oilaning 12 385 nafar a’zosini kambag‘allikdan chiqarish rejalashtirilgan. Bu orqali kambag‘allik darajasini 8,2 foizdan 3,8 foizga tushirish ko‘zda tutilgan.
Joriy yilning yanvar-avgust oylarida 2001 ta oilani kambag‘allikdan chiqarish rejalashtirilgan bo‘lsa, amalda 3355 nafar oila a’zolari 4912 ta xizmat turlari bilan qamrab olindi. Ulardan 1749 nafari ishga joylashtirildi, 274 nafariga imtiyozli kreditlar ajratildi, 62 nafari kasb-hunarga o‘qitildi, 2827 nafari esa tadbirkorlikka jalb qilindi.
Tomorqa va ijara yerlardan foydalanish
Tumanda 60,4 ming tomorqa egasi mavjud bo‘lib, jami 6660 gektar yer maydoni ular ixtiyorida. Bugungi kunga qadar 5580 gektar yerga sabzavot, kartoshka, dukkakli, ozuqa va rezavor ekinlar hamda boshqa turdagi mahsulotlar ekildi.
Shuningdek, 2022–2024 yillarda 5588 nafar fuqaroga 2023 gektar yer ijaraga berilgan. Ushbu yerlarda “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida qulupnaychilik, piyozchilik, sabzichilik, uzumchilik va ko‘chat yetishtirish ishlari yo‘lga qo‘yildi.
Xulosa
Kattaqo‘rg‘on tumanida aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ijobiy natijalar bermoqda. Yangi ish o‘rinlari yaratilishi, mikroloyihalarning amalga oshirilishi va aholi tadbirkorlikka jalb qilinishi tumanda iqtisodiy faollikni oshirishga xizmat qilmoqda.