11-10-2025 10:11
Kattaqo‘rg‘on tumanida 69 ta mahalla stellasi yangilanmoqda
Kattaqo‘rg‘on tumanida mahallalar qiyofasini zamonaviy va jozibali ko‘rinishga keltirish ishlari davom etmoqda. Shu doirada tumandagi 69 ta mahalla stellasi yangilanmoqda.
Yangilangan stellalar mahallalarga xos milliy va zamonaviy uslubda ishlangan bo‘lib, har bir hududga o‘zgacha chiroy bag‘ishlamoqda.