insurez
04-04-2024 09:14

Kattaqo‘rg‘on tumani va Belarus Respublikasi tibbiyot sohasi vakillari hamkorlik qiladi


2023 yilning noyabr oyida mamlakatimiz delegatsiyasi xizmat safari bilan Belarus Respublikasida bo‘lgandi.   

Bugun Belarus Respublikasining bir guruh malakali tibbiyot sohasi vakillari Kattaqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurdi. Tashrif avvalida tuman hokimligida tuman hokimi Jamshid Nasriddinov, Samarqand viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Suxrob Zayniyev, tuman tibbiyot birlashmasi bosh vrachi Voxid Xudoyqulovlar delegatsiya vakillari bilan ikki tomonlama aloqalarni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi va manfaatli kelishuvlar imzoladi. 

Shundan so‘ng, Belarus Respublikasi delegatsiyasi tuman tibbiyot birlashmasida bo‘lib, tibbiyot sohasi vakillari bilan tajriba almashish muzokaralari olib bordi va ikkala tomon vakillari o‘zaro memorandum imzoladi. So‘ng, tuman tibbiyot birlashmasi faoliyati bilan yaqindan tanishib, mahalliy shifokorlar bilan o‘zaro bilim va tajriba almashdi, hamkorlikda murakkab amaliyotlar bajarishni kelishib oldi.

 

Teglar
- -