insurez
31-01-2025 15:59

Kattaqo‘rg‘on tumani – sanoat salohiyati yuqori hudud sifatida tanlandi


Kattaqo‘rg‘on tumanida sanoatni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari, sanoat korxonalarini o‘rganish bo‘yicha Respublika shtabi rahbari H.Mustafayev, Sanoatni rivojlantirish departamenti direktori T.Xoliqov, viloyat sanoat shtabi a’zolari hamda tuman hokimi Jamshid Nasriddinov ishtirok etdi.

O‘rganish davomida tumandagi yirik sanoat korxonalari – "China Energy International Group Samarkand Cyement", "Firdavs Qandolat Invest", "Turon Drip Plast", "Kattaqo‘rg‘on Elektrotexnika Zavodi" va "Standart Inter Trade" MCHJ faoliyati o‘rganildi. Ishlab chiqarish jarayonlari ko‘zdan kechirilib, mavjud imkoniyatlar va rivojlantirish yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida mutaxassislar korxonalardagi mavjud muammolarni o‘rgandi, shuningdek, tumanning sanoat salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va ishlab chiqarishni kengaytirish borasida amaliy chora-tadbirlar belgilandi.

Kattaqo‘rg‘on tumani sanoat sektoridagi imkoniyatlari bilan alohida e’tirof etilib, uning rivojlanishiga davlat va mahalliy hokimiyat tomonidan katta e’tibor qaratilmoqda.

Teglar
- -