Kattaqo‘rg‘on tumani rahbari olis maktabning «So‘ngi qo‘ng‘iroq» tadbirida ishtirok etdi
Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi Jamshid Nasriddinov 73-umumiy o‘rta ta’lim maktabining "Ilmni qadrlang, ilmga intiling!" shiori ostida bo‘lib o‘tgan "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirida qatnashdi.
O‘quvchilarni maktabni muvaffaqiyatli yakunlayotganliklari bilan qutlab, muhtaram Prezidentimizning bitiruvchi o‘g‘il-qizlarga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi. Katta hayot sari qadam qo‘yayotgan yoshlar o‘z iqtidori, qobiliyati, mehnati bilan jamiyatda munosib o‘rin topishiga ishonch bildirdi.
Shundan so‘ng 2023-2024 o‘quv yilida namunali hulqi, ta’lim olishdagi ishtiyoqi bilan tengdoshlariga ibrat bo‘lgan o‘quvchilar tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ma’lumot uchun, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi umumta’lim maktablarining 11-sinflarini 3418 nafar, ushbu 73-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabini esa 33 nafar bitiruvchilar mustaqil hayotga qadam qo‘ymoqdalar.