insurez
23-05-2024 16:00

Kattaqo‘rg‘on tumani M-37 yo‘li bo‘yida joylashgan 6 ta mahalla "Obod mahalla"ga aylantiriladi


Islom taraqqiyot banki ishtirokida "Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish" (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori asosida Kattaqo‘rg‘on tumani M-37 yo‘li bo‘yida joylashgan Polvontepa, Qoradaryo, Balandravot, Olmazor, Uyshun va Navbahor mahallalari 10 mln 295 ming dollar evaziga rivojlantiriladi.

Bugun Islom taraqqiyot banki vakillari Polvontepa mahallasining faol aholisi bilan 35-maktab faollar zalida uchrashdi. Uchrashuvda faol aholi vakillari bilan dastur doirasida aholi punktlarining ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash, hududlarni kompleks rivojlantirish, yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’yektlarini barpo etish bo‘yicha loyihalar tanlab olindi. Shuningdek, boshqa mahallalar aholisi bilan ham uchrashdi.

Bu orqali aholining yashash sharoitlari yaxshilanib, ularning turmush darajasi oshiriladi.

Fuqarolar shunga monand ravishda o‘z uylarini ta’mirlash, ko‘chalarni ko‘rkamlashtirish, gul va daraxtlar ekish, tanasini oqlashi kerak.

Teglar
- -