Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi: Hudud taraqqiyotiga qaratilgan muhokamalar
2025 yil 21 noyabr kuni Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi, Kengash raisi Jamshid Nasriddinov raisligida xalq deputatlari tuman Kengashining yettinchi chaqiriq, o‘n oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya kun tartibida quyidagi muhim masalalar muhokama qilindi:
1. Tumandagi ayrim ko‘chalarni nomlash va qayta nomlash masalasi.
2. Xalq deputatlari tuman Kengashining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.
3. Kattaqo‘rg‘on tumani hokimining ayrim qarorlarini tasdiqlash.
4. 2025 yil 4-chorak mahalliy byudjet daromadlari va xarajatlarini ko‘paytirish.
5. Tumanda "Yangi O‘zbekiston" qiyofasidagi mahallalarni tanlab olish va tasdiqlash.
6. Tuman mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish.
7. Tibbiyot, maktabgacha va maktab ta’limi, obodonlashtirish boshqarmalari boshliqlarining 2025 yilda qo‘shimcha mablag‘larning sarflanishi bo‘yicha hisobotlari.
8. Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali rahbarining "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi bo‘yicha hisoboti.
9. Boshqa masalalar.
Sessiyada ko‘rilgan 10 ta masaladan 7 tasi deputatlar tomonidan ma’qullandi, 3 tasi esa qo‘shimcha o‘rganish va qayta ko‘rib chiqish uchun kelgusi sessiyaga qoldirildi.




