insurez
09-01-2026 09:11

Kattaqo‘rg‘on tumani IIB boshlig‘i Aslam Ochilovning har oyning yakuni bilan tumanimizdagi kriminogen vaziyat bo‘yicha “profilaktik-ogohlantiruvchi murojaati” bo‘yicha profilaktik ogohlantiruvchi MUROJAATI (https://gov.uz/oz/payshanba/news/view/118215)


Assalomu alaykum, Aziz Kattaqo‘rg‘onliklar hamda tumanimiz mehmonlari !

Muhtaram Prezidentimizning qarorlarini ijrosini ta’minlash maqsadida har oyning yakuni bilan tumanimizdagi kriminogen vaziyat bo‘yicha “profilaktik-ogohlantiruvchi murojaat” yo‘llab borilmoqda.

Sizlarga, tumanimizda 2025 yil 12 oyida sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha qisqacha ma’lumot bermoqchiman.

2025 yilning 12 oyida jami 581 ta jinoyatlar sodir etilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10 foizga yoki 65 taga kamayishiga erishildi. Mazkur 581 ta jinoyatlarning 29,8 foiz tashabbus bilan aniqlanadigan, 49 foiz oldini olish mumkin bo‘lgan, 21.2 foizini kiber jinoyatlar tashkil etadi.

Olib borilgan chora-tadbirlar natijasida tuman hududida 2025 yilning 12 oyida, oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlardan qotillik, bosqinchilik, nomusga tegish va avtomashinalarni olib qochish jinoyatlari sodir etilishiga yo‘l quyilmadi.

Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishga qaratilgan tadbirlar natijasida, Tumandagi 69 ta mahallalardan 8 tasi “qizil”, 38 tasi “sariq”, 23 tasi “yashil” toifaga kiritildi.

Jinoyat sodir etilgan mahallalarda kriminogen vaziyatni jilovlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Hurmatli Kattaqo‘rg‘on tumani aholisi!

     So‘nggi vaqtlarda tuman hududida bezorilik, oilaviy zo‘ravonlik, talonchilik, firibgarlik, o‘g‘irlik, badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish hamda yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq jinoyatlar soni oshgani barchamizni jiddiy tashvishga solmoqda.

     Mazkur holatlar fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga bevosita tahdid solib, jamiyatda tinchlik va osoyishtalik muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Afsuski, jinoyatlarning aksariyati qonunlarga itoat etmasligi, oilaviy kelishmovchiliklar, beparvolik, spirtli ichimliklarni suiiste’mol qilish hamda yo‘l harakati qoidalariga rioya etmaslik oqibatida sodir etilmoqda.

Ichki ishlar organlari tomonidan jinoyatchilikni jilovlash, huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va profilaktik choralarni kuchaytirish yo‘lida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Murojaatim davomida fuqarolardan quyidagilarga qat’iy amal qilishini so‘rab qolaman.

- oilada tinchlik va sog‘lom muhitni saqlash;

- zo‘ravonlik va bezorilikka yo‘l qo‘ymaslik;

- shubhali holatlarga befarq bo‘lmaslik;

- firibgarlik va o‘g‘irlikdan ehtiyot bo‘lish;

- yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish.

Hurmatli Kattaqo‘rg‘onliklar tumanimiz hududida:

-jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish,

-jinoyatchilikka qarshi kurashish,

-mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda albatta keng jamoatchilik vakillari va Siz aziz fuqarolarimizga tayanamiz.

Murojaatim yakunida, Siz azizlarni yana bir bor ogohlikka chaqiraman.

O‘z uyimiz, o‘z mahallamizni osoyishtaligini birgalikda o‘zimiz asraylik!

Aziz yurtdoshlar.

Teglar
- -