insurez
06-02-2025 17:34

Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi


Kattaqo‘rg‘on tumani Davlat xizmatlari markazida tuman hokimi Jamshid Nasriddinov tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotni o‘tkazdi. Unda tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va mavjud muammolarni hal etish masalalari muhokama qilindi.

Qabul davomida tadbirkorlarning taklif va murojaatlari tinglanib, zarur chora-tadbirlar belgilab olindi. Tuman hokimi barcha masalalarga alohida e’tibor qaratilishini ta’kidlab, tadbirkorlarga har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Teglar
- -