Kattaqo‘rg‘on tumani 17-maktabida 2024-2025-o‘quv yili oldidan Singapurning "Marshall Cavendish Education" tashkiloti bilan hamkorlikda "Muvaffaqiyatli islohotlar - yuqori natijalar" mavzusidagi seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Seminarda tuman hokimi Jamshid Nasriddinov, maktab direktorlari va aniq hamda tabiiy fanlar yo‘nalishidagi o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Trening davomida ishtirokchilarga "Zamonaviy ta’limning tuzilishi", "Singapur ta’lim tizimining kuchli tomonlari", "Istibolli o‘quv dasturi" va "Mening maktabim uchun XXI asr natijalarini aniqlash" kabi muhim mavzularda mahorat darslari o‘tkazildi. Bu mashg‘ulotlar orqali ishtirokchilar zamonaviy ta’limning yangi tendensiyalari va metodikalarini chuqurroq o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Seminar-treningda tuman hokimi Jamshid Nasriddinov ham ishtirok etib, Singapur ta’lim tizimi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi va Singapur ta’lim tizimining kuchli tomonlarini alohida ta’kidlab, uning maktablardagi o‘quv jarayoniga kiritilishi muhimligini aytdi. Shuningdek, u Singapurning ilg‘or tajribalarini o‘zlashtirish orqali ta’lim sifati va natijadorligini oshirish mumkinligini ta’kidladi.
Seminar davomida ishtirokchilar ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan istibolli rejalarni muhokama qilishdi va XXI asr talablariga mos ravishda ta’lim dasturlarini shakllantirish bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini boyitdilar. Shu tariqa, mazkur seminar-trening Kattaqo‘rg‘on tumanidagi maktablarda ta’lim sifatini yaxshilashga qaratilgan muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
Shuningdek, seminar-trening uch kun davom etadi, bu davr mobaynida ishtirokchilar ta’lim sohasidagi yangi metodikalarni chuqur o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.