Kattaqo‘rg‘on shahar garnizonidagi harbiy qismda "Ochiq eshiklar kuni" o'tkazildi
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular qalbida Vatanga muxabbat, yurtga sadoqat tuyg'ularini yanada oshirish maqsadida Kattaqoʻrgʻon tumani Yoshlar ishlari boʻlimi tomonidan muddatli harbiy xizmatg borish istagi bo'lgan yoshlar uchun "Xalq va armiya - bir tanu bir jondir!" shiori ostida "Ochiq eshiklar kuni" o'tkazildi.
Yoshlar harbiy qismda yaratilgan shart-sharoitlar va o‘quv xonalari bilan yaqindan tanishtirildi. Harbiy xizmatchilar yurtimizda ma’nan yetuk, jismonan sog‘lom, Vatanga sodiq farzandlarni tarbiyalab, kamolga yetkazish yuzasidan olib borilayotgan islohatlar haqida atroflicha to'xtalib, bugungi kunda milliy armiyamizda yaratilgan sharoitlar va Oliy harbiy bilim yurtlari haqida yoshlarga ma'lumotlar berildi.