Kattaqo‘rg‘on fermerlarining Xitoyga safari: paxtachilikda innovatsiyalar
Kattaqo‘rg‘on fermerlarining Xitoyga safari: paxtachilikda innovatsiyalar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida paxtachilikda Shinjon tajribasini ommalashtirish topshirig‘i berilgan edi. Kattaqo‘rg‘on tumani fermer xo‘jaliklari raislari qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i boshchiligida Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon-Uyg‘ur Avtonom rayoniga safar qildilar. Safarning maqsadi – paxtachilikda hosildorlikni oshirish va zamonaviy agrotexnologiyalarni o‘rganish orqali paxta yetishtirishni yanada samarali qilishdir.
Fermerlar Xitoyning ilg‘or agrotexnologiyalari, jumladan, urug‘chilik tizimida bozor mexanizmlarini joriy etish, sug‘orish va oziqlantirishning zamonaviy usullari bilan tanishdilar. Ilmiy-innovasion yondashuvlar, hashoratlarga qarshi kurashda dronlardan foydalanish va tomchilatib sug‘orish tizimidagi yangiliklar ularni qiziqtirdi.
Bu tajriba Kattaqo‘rg‘on fermerlari uchun agrar sohani rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, paxtachilikda hosildorlikni oshirish va zamonaviy innovatsiyalarni joriy etishga yo‘naltirilgan.