insurez
02-08-2024 16:00

Kadanda yangi bog‘cha: Bolalar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish yo‘lida


Kattaqo‘rg‘on tumani Kadan mahallasida joylashgan 10-maktabgacha ta’lim tashkiloti yaroqsiz holga kelgan edi. 

Bugungi kunda mazkur 120 o‘rinli, umumiy qiymati 3,5 milliard so‘mlik ob’yekt "MINGBULOQ SERVIS" MCHJ quruvchilari tomonidan qurilmoqda. Yangi bog‘cha zamonaviy standartlarga mos holda loyihalangan bo‘lib, u yerda bolalar uchun barcha qulayliklar va ta’lim-tarbiya jarayonini yuksak darajada tashkil qilish uchun zarur sharoitlar yaratiladi.

Kattaqo‘rg‘on tumanining har bir go‘shasida bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari yuqori sur’atda davom etmoqda. Bu ishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad aholining turmush farovonligini yaxshilash, bolajonlar uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratishdir. Mazkur qurilish loyihasi ham shular jumlasiga kiradi va u tugallanganidan so‘ng bolalarni sifatli ta’lim va tarbiya bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

Teglar
- -