Jizmonsoyda 10 nafar ishsiz xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi
Kattaqo‘rg‘on tumani Jizmonsoy mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash maqsadida muhim qadamlar tashlandi. "Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan 10 nafar fuqaro "MARUFBOY 909" MCHJga doimiy ishga joylashtirildi.
Bunda ularni ish bilan ta’minlash uchun eng zamonaviy to‘g‘ri chok va averlok tikuv mashinalari kabi asbob-uskunalar xarid qilish bo‘yicha subsidiya mablag‘lari ajratildi. Mazkur tashabbus ishsiz aholi, ayniqsa, ish bilan band bo‘lmagan xotin-qizlarning bandligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, mahallada ijtimoiy-iqtisodiy holatni yaxshilashga ko‘mak beradi.