Jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tuman sudiga rais tayinlandi
Allayev Odil Ne’matovich – sudyalik vakolati muddati davrining besh yiliga Samarqand viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tuman sudi raisi lavozimiga qayta tayinlandi.
Bugun Kattaqo‘rg‘on tuman sudi jamoasiga uni Samarqand viloyat sudi raisining o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Tolib Bayzakov, tuman hokimi Jamshid Nasriddinov va tuman prokurori Mirzaxon Nozimovlar tanishtirishdi.
Odil Allayev bugungi tayinlovga qadar Samarqand viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Toyloq tuman sudi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.