insurez
01-12-2025 10:58

IT SCHOOL o‘quvchilari Dubaydagi xalqaro olimpiadada yuqori natijalarni qo‘lga kiritdi


Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan World Cogni Olympics 2025 nufuzli xalqaro musobaqasida Kattaqo‘rg‘on tumanida joylashgan IT SCHOOL xususiy maktabi o‘quvchilari yuksak natijalarga erishib, yurt bayrog‘imizni baland ko‘tarishdi.

Mazkur musobaqada ingliz tili va mental arifmetika yo‘nalishlari bo‘yicha 23 nafar o‘quvchi oliy va 1-, 2-o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.

Shu bilan birga, IT SCHOOLning eng iqtidorli 7 yoshli o‘quvchilaridan biri — Eshmirzayev Humoyun ham musobaqada alohida natija qayd etdi. U kelasi — 2026 yilda o‘tkaziladigan Xalqaro olimpiadada ishtirok etish uchun “oltin vaucher”ni qo‘lga kiritdi va o‘z yo‘nalishida "Super Champion (super oliy o‘rin)"ga sazovor bo‘ldi. 

Bu natija o‘qituvchilarning mehnati, ota-onalarning qo‘llab-quvvatlashi va bolalarning tinimsiz mehnatining yorqin ifodasidir.

Teglar
- -