Hokim bemor bolajonlar holidan xabar oldi
Bugun, 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi Jamshid Nasriddinov tuman tibbiyot birlashmasiga borib, davolanish jarayonida bo‘lgan bolajonlar holidan xabar oldi.
Bolalar bilan suhbatlashib, ularga sovg‘alar ulashib, “Bola hayoti — biz uchun eng qimmatli ne’mat. Ularning sog‘lom o‘sishi va baxtli bo‘lishi uchun barcha imkoniyatlar yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishidir,” — deya ta’kidladi tuman hokimi.