insurez
09-04-2025 08:41

Hamjihatlik namunasi — Sho‘rakda piyodalar yo‘lagi va go‘zar qurilayapti


Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Sho‘rak mahallasini yanada obod va ko‘rkam qilish maqsadida hashar yo‘li bilan muhim ishlar amalga oshirilmoqda. 

Hozirgi kunda mahallada 1.7 km piyodalar yo‘lagi hamda mahalla go‘zari qurish ishlari  davom etmoqda.

Obodonlashtirish ishlari yakuniga yetgach, mahalla aholisi uchun qulay va xavfsiz piyodalar yo‘lagi, shuningdek, go‘zar faoliyat boshlashi rejalashtirilgan.

Teglar
- -