insurez
08-04-2025 17:10

Gullar orasidagi hayot: Oyjon mahallasida gulchilik oilalar hayotiga baraka olib kelmoqda


Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Oyjon mahallasi — serqirra imkoniyatlarga boy hudud. Bu yerda har bir qarich yer samarali foydalaniladi, har bir hovlida mehnat va baraka bor. Bugungi kunda mahallada gulchilik rivojlanib, gul parvarishlaydigan oilalar soni 40-50 taga yetgan.

Ularning orasida Muhammad Aralov xonadoni alohida e’tirofga loyiq. Xonadon kelini Muattar Tolliyeva bilan suhbat chog‘ida ma’lum bo‘lishicha, ular hovlisini gulzorga aylantirib, go‘zallik bilan barakani uyg‘unlashtirishga erishishgan.

— "Hovlimizda atirgul va lola gullarini parvarishlaymiz. Hozirgi kunda 10 mingdan ortiq tup gul bor. Bu bizning asosiy mehnatimiz, asosiy daromad manbaimiz", — deydi Muattar Tolliyeva.

Uning ta’kidlashicha, gulchilik — kam mablag‘ talab qiluvchi, biroq yuqori daromadli sohalardan biri. O‘zingizning hovlingizda gul yetishtirsangiz, mahsulotni bozorga chiqarish, xaridor topish qiyin emas. Chunki gullarga talab har doim bor, ayniqsa bayramlar, to‘ylar va tantanali marosimlar paytida.

Teglar
- -