"Gʻazal mulki sultoniga ehtirom – Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi nishonlandi"
Bugun 15-son Musiqa va san’at maktabida g‘azal mulkining sultoni, buyuk shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi tantanali nishonlandi.
Tadbirda madaniyat bo‘limi, musiqa maktabi ijodkorlari va maktab o‘quvchilari tomonidan sahnaviy chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar va Navoiy g‘azallaridan parchalar ijro etildi. Shuningdek, shoir ijodi, uning ma’naviy merosi va jahon adabiyotida tutgan o‘rni haqida ma’ruzalar o‘qildi.
Ma’naviy-ma’rifiy kecha yosh avlod qalbida Alisher Navoiy merosiga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yanada oshirishga xizmat qildi. Uning ijodi nafaqat o‘zbek adabiyoti, balki butun jahon madaniyati uchun bebaho xazina sifatida qadrlanadi.
Bu kabi tadbirlar buyuk ajdodlarimiz merosini keng targ‘ib etish va yoshlarga ilhom bag‘ishlashda muhim ahamiyat kasb etadi.