Fuqarolar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot: Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligida navbatdagi qabul
Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligida tuman hokimi Jamshid Nasriddinov, sektor rahbarlari va Xalq qabulxonasi mudiri Zokirxon Abdullayev ishtirokida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Ushbu qabulda fuqarolar o‘z muammo va takliflari bilan murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Rahbarlar aholining muammolarini tinglab, ularga yechim topish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni belgiladi.
Bunday fuqarolar qabuli tuman aholisi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, ularning muammolarini o‘rganish va hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.