Elektr va gazdan noqonuniy foydalanganlar etkazilgan zararni vaqtida to‘lash zarur
Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligida tuman hokimi Jamshid Nasriddinov, tuman prokurori Shuxrat Xolmurzayevlar tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari natijasida zarar yetkazgan fuqarolar yetkazilgan zararni vaqtida to‘lash bo‘yicha targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi.
Uchrashuvda tegishli mas’ullar, gaz va elektr tarmoqlari korxonasi rahbarlari ishtirok etdi.
Unda tabiiy gaz va elektr energiyasidagi qarzdorliklarni vaqtida to‘lash, tejamkor uskunalar o‘rnatish va tejab ishlatish bo‘yicha tushunchalar berdi.