Elektr muammosiga yechim: deputat tashabbusi Jumaboyliklarni xursand qildi
Kattaqo‘rg‘on tumanida aholi bilan ochiq muloqot, ularning muammolariga jonkuyarlik bilan yondashish an’anaga aylangan. Ana shunday amaliy ishlarning yana biri tuman Kengashi deputati Hotam Razzoqov tomonidan amalga oshirildi.
8-Chag‘atoy saylov okrugidan saylangan deputat Hotam Razzoqov Jumaboy mahallasiga borib, saylovchilar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida mahalladoshlar elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni ko‘tarib chiqishdi.
Bu masala deputat e’tiboridan chetda qolmadi. Ortidan amaliy ishlar boshlandi: Jumaboy mahallasiga 2000 metr uzunlikdagi havo elektr tarmog‘i, 4 ta zamonaviy tayanch ustuni va zarur elektr jihozlari olib kelib o‘rnatildi.
Mahallaning energetika ta’minoti yaxshilanishi natijasida yurtdoshlarimiz xonadonlarida barqaror yorug‘lik va qulaylik ta’minlanmoqda. Jumaboyliklar o‘z muammolariga befarq bo‘lmagan va yechim topgan deputatga minnatdorchilik bildirishdi.
Haqiqiy xalq vakili ana shunday bo‘ladi – el dardini eshitadi, amaliy chora ko‘radi.